Marotta Palestraning transferi va Dyumfrisning «Real»ga o'tayotgani haqidagi savolga javob berdi

Milanning «Inter» klubi prezidenti Juzeppe Marotta klubning transfer rejalariga oid ma'lumotlar bilan o'rtoqlashdi. Yaqin orada «neradzurrilar» safini o'ng qanot laterali Denzel Dyumfris tark etadi — u Madridning «Real» klubi taklifiga rozilik berib bo'lgan. Tajribali niderlandiyalik futbolchining o'rnini esa «Atalanta»ning 21 yoshli a'zosi Marko Palestra egallashi kutilmoqda.
«Palestra — katta iqtidor egasi, biroq u «Atalanta»ga tegishli. Men uning muvaffaqiyatlaridan xursandman, chunki bu butun Italiya futboli uchun foydali. Uni bizga o'tishi haqidagi gap-so'zlar bir oz bo'rttirib yuborilgan. Dyumfrisning «Real»ga o'tishga yaqin turgani va ular bir xil pozitsiyada o'ynashi ayni haqiqat, ammo Palestra transferi bo'yicha ishlar hali boshlang'ich bosqichda turibdi», — deya TMW nashri Marottaning so'zlarini keltiradi.
Eslatib o'tamiz, Marko Palestra yakunlangan mavsumni ijara asosida «Kalyari» klubida o'tkazgan edi.