Marokash terma jamoasi yulduzi «Ayaks»ga o'tishga yaqin

Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Azzedin Unai faoliyatini «Ayaks»da davom ettirishi mumkin.
Fabritsio Romano xabariga ko'ra, «Ayaks» va «Jirona» o'rtasida muzokaralar ketmoqda. Futbolchining shartnomasida 25 million evrolik tovon puli belgilangan, ammo amsterdamliklar narxni tushirishga urinishmoqda.
Ma'lumot uchun, Unai o'tgan mavsum «Jirona» bilan La Ligani tark etgan edi. Marokashlik futbolchi o'tgan yili kataloniyaliklar safiga kelib qo'shilgandi.
Marokash terma jamoasi JCh-2026 chorak finaligacha etib borib, Frantsiyaga yutqazdi (0:2). Unai jamoaning asosiy o'yinchilaridan biri bo'ldi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar