Marokash terma jamoasi o'z tarixida ilk bor ketma-ket ikkita Jahon chempionati chorak finaliga yo'l oldi

Marokash terma jamoasi Kanada terma jamoasini 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Uchrashuv shanba oqshomida Texasda, turnirning 1/8 final bosqichi doirasida bo'lib o'tdi.
Kanadaliklar turnirni tark etishdi, marokashliklar esa chorak finalda Frantsiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Shu tariqa, Marokash futbolchilari o'z tarixlarida birinchi marta ketma-ket ikkita Jahon chempionatining chorak final bosqichiga yo'llanma olishdi.
Eslatib o'tamiz, 2022 yili Qatarda o'tgan Mundialda marokashliklar yarim finalgacha etib borib, u erda Frantsiyaga imkoniyatni boy berishgan, keyin esa uchinchi o'rin uchun bahsda xorvatlarga mag'lub bo'lishgan edi. 2022 yilga qadar esa Marokash terma jamoasi jahon birinchiliklarida bor-yo'g'i bir marta — 1986 yilda guruhdan chiqa olgan, xolos.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar