Marokash terma jamoasi Nigeriya va Gananing muvaffaqiyatini takrorladi

O'tgan Jahon chempionatining yarim finalchisi sifatida qatnashayotgan Marokash terma jamoasi navbatdagi bor guruh bosqichini a'lo darajada o'tkazdi va pley-off bosqichidagi ishtirokini naqd qildi. U JChda ketma-ket ikki marta pley-offga chiqishni ta'minlay olgan uchinchi Afrika jamoasiga aylandi.
Bunday natijaga erishgan birinchi jamoa 90-yillardagi iqtidorli avlodi bilan tanilgan Nigeriya terma jamoasi bo'lgan edi — o'shanda "burgutlar" buni avval 1994 yilda, keyin esa 1998 yilda uddalashgan. So'ngra, 2006 va 2010 yillarda Gana terma jamoasi ularning bu muvaffaqiyatini takrorladi.
Shunday bo'lsa-da, marokashliklar ko'proq arab futboliga mansub hisoblanishadi, Nigeriya va Gana esa "qora" Afrika vakillaridir.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar