Marokash terma jamoasi hujumchisi Brahim Dias Afrika millatlar kubogida noyob rekord o'rnatdi

Marokash terma jamoasi hamda «Real» klubi hujumkor yarim himoyachisi Brahim Dias Afrika millatlar kubogi tarixiga kirdi. 26 yoshli futbolchi musobaqaning final bosqichida ketma-ket beshta o'yinda gol urgan ilk futbolchiga aylandi.
Joriy Afrika millatlar kubogida Dias marokashliklar ishtirok etgan har bir bahsda o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi: guruh bosqichida Komor orollari (2:0), Mali (1:1) va Zambiya (3:0) darvozalariga bittadan gol urdi. Keyin esa 1/8 finalda Tanzaniyaga qarshi bahsda (1:0) va chorak finalda Kamerun bilan o'yinda (2:0) ham gol muallifi bo'ldi. Ushbu golli seriya Marokashning yarim finalga chiqishida muhim rol o'ynadi. Bu bosqichda jamoa Jazoir — Nigeriya juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi.
Ma'lumot uchun, Brahim Dias Ispaniyada tug'ilgan, Ispaniya yoshlar terma jamoalari safida o'ynagan va milliy jamoa uchun o'rtoqlik uchrashuvlarida ham ishtirok etgan. Biroq 2024 yilda u sport fuqaroligini o'zgartirib, otasining Vatani hisoblanmish Marokash terma jamoasini tanladi.