Marokash terma jamoasi hujumchisi Ismael Saybari JCh-2026da hozirgacha qayd etilgan eng tezkor gol muallifiga aylandi.

"S" guruhi 2-turidan o'rin olgan Shotlandiya — Marokash uchrashuvining 2-daqiqasida Saybari raqib darvozasini ishg'ol qildi. Uchrashuv AQShning Foksboro shahridagi «Jillett» stadionida bo'lib o'tmoqda.

Ushbu gol turnirdagi eng tezkor gol sifatida qayd etildi. Bungacha JCh-2026dagi eng erta gol 6-daqiqada urilgan edi.

Eslatib o'tamiz, birinchi turda Shotlandiya Gaitini 1:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, Marokash Braziliya bilan 1:1 hisobida durang o'ynagan.

Guruh bosqichining so'nggi turida shotlandlar Braziliyaga qarshi maydonga tushadi, Marokash esa Gaiti bilan bahs olib boradi. Har ikki uchrashuv 25 iyun kuni bo'lib o'tadi.

Manba: Stadion.uz