Marokash terma jamoasi jahon rekordini o'rnatdi.

Valid Regragi jamoasi JCh-2026 saralashida Kongoni mag'lub etdi (1:0) va qatorasiga 16-g'alabani qo'lga kiritdi.

Shu tariqa, marokashliklar o'z vaqtida 15 o'yindan iborat g'alabali seriyaga ega bo'lgan Ispaniya va Germaniya terma jamoalari rekordini yangiladi.