Marokash Arab Millatlar Kubogi finalida Iordaniyani qo'shimcha bo'limlarda 3:2 hisobida mag'lub etdi.

O'yin Qatarning "Lusail" stadionida bo'lib o'tdi.

Abderrazak Hamdallah g'oliblar safida ikkita gol urdi (87 va 100-daqiqalar), Ussama Tannan esa yana bir gol muallifi bo'ldi (4-daqiqa). Iordaniyaning ikkita golini Ali Olvan (48 va 68-daqiqalar) kiritdi.

Marokash o'z tarixida ikkinchi marta turnirda g'olib chiqdi. Avvalroq chempionlik 2012 yilda qo'lga kiritilgan edi.

Manba: www.stadion.uz.