Marokash terma jamoasi jahon chempionati chorak finaliga chiqib, mundiallar pley-off bosqichidagi g'alabalar soni bo'yicha barcha boshqa Afrika terma jamoalari bilan tenglashdi. Bu haqda Opta statistika portali xabar berdi.

JCh-2026 1/8 finalida Marokash Kanadani 3:0 hisobida mag'lub etdi. Bu Marokashning jahon chempionatlari pley-off bosqichidagi to'rtinchi g'alabasi bo'ldi.

E'tiborlisi, Afrikaning qolgan barcha terma jamoalari mundiallar tarixida pley-offda jami shuncha — 4 ta g'alabaga erishgan:

  • Kamerun — 1990 yil;

  • Senegal — 2002 yil;

  • Gana — 2010 yil;

  • Misr — 2026 yil.

JCh-2026 chorak finalida Marokash terma jamoasi Frantsiyaga qarshi maydonga tushadi.

Manba: Stadion.uz