Marmushni uchta klub qishdayoq o'z safiga qo'shib olmoqchi

"Manchester Siti" forvardi Omar Marmush qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.
Jurnalist Chig'atoy Chelikning yozishicha, ayni damda misrlik hujumchiga uchta da'vogar bor: "Galatasaroy", "Aston Villa" va "Tottenxem". Marmushning ustuvor maqsadi - Angliyada qolish. Ta'kidlanishicha, hozircha futbolchi "Manchester Siti"ni faqat ijara asosida tark etish haqida o'ylamoqda.
Marmush 2025 yilning yanvarida "Manchester Siti" futbolchisiga aylandi. Bu mavsumda u barcha musobaqalarda 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatma muallifiga aylandi.