Bugun, 27 avgust kuni "shporlar" 27 yoshli misrlik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan joriy mavsum oxirigacha ijaraga oldi.

4.jpg

"Bu yerda bo'lish - aql bovar qilmas his-tuyg'u. Jamoa bilan ishlashni boshlashdan juda xursandman va muxlislar bilan uchrashuvni sabrsizlik bilan kutyapman.

"Tottenxem" - butun dunyoda bo'lmasa ham, Angliyadagi eng yirik klublardan biri va bu loyiha menga juda jozibador tuyuldi.

Bosh murabbiy [Roberto De Zerbi] bilan gaplashdim, u aytgan gaplar menga juda yoqdi. Futbolga bo'lgan ishtiyoqimiz ajoyib tarzda uyg'unlashishiga ishonaman", – dedi Marmush.