"Manchester Siti" hujumchisi Umar Marmush terma jamoa safida tizzasidan jarohat oldi.

Misr terma jamoasining 26 yoshli hujumchisi JCh-2026 saralashi doirasida Burkina-Fasoga qarshi o'yin boshida (0:0, birinchi bo'lim) jarohat oldi. U 9-daqiqada maydonni tark etishga majbur bo'ldi.

Jurnalist Ismoil Mahmudga ko'ra, Marmush tizzasidan jarohat olgan.

Joriy mavsumda Marmush Premer-liganing uchta o'yinida 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.