Markus Tyuram katta ehtimol bilan Frantsiyaning Shvetsiyaga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Markus Tyuramning Jahon chempionati 1/16 finali doirasidagi Shvetsiyaga qarshi o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida turibdi.
«Inter»ning 28 yoshli hujumchisi avvalroq boldir mushagini shikastlab olgan edi. Shu sababli u yakshanba kuni jamoa bilan mashg'ulotlarda qatnashmadi va faqat velotrenajyorda mashq qilish bilan cheklandi.
L’Équipe nashrining ma'lumotlariga ko'ra, Tyuram katta ehtimol bilan Nyu-Yorkda Shvetsiyaga qarshi kechadigan bahsda maydonga tushmaydi.
Shuningdek, tizzasidagi muammolar tufayli ikki kundan beri umumiy guruhda mashg'ulot olib bormayotganiga qaramay, yarim himoyachi Ngolo Kante Frantsiya terma jamoasining qaydnomasiga kiritilishi kutilmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar