Marku Silva «Benfika» boshqaruvidagi ilk bayonotini berdi

Avval xabar berganimizdek, portugaliyalik mutaxassis Marku Silva Angliya chempionatini Portugaliya ligasiga almashtirishga qaror qildi — u nufuzi pastroq turnirda bo'lsa-da, top-klubni boshqarishni lozim topdi. Uning tayinlangani rasman e'lon qilinganidan so'ng, murabbiy bir nechta bayonot berdi.
«Qo'llab-quvvatlaganliklari uchun barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman, muzokaralar boshlanishi bilanoq o'zimga nisbatan bo'lgan qiziqishni his qildim. Bu juda muhim. "Benfika" kabi klublarda asosiy maqsad faqat va faqat g'alaba qozonishdir. Biz o'z uyimizda dominantlik qilishni va Evropada yaxshi taassurot qoldirishni istaymiz», — deya Silvaning so'zlarini keltiradi «Benfika» matbuot xizmati.
Eslatib o'tamiz, «Benfika»ning bundan oldingi ustozi Joze Mourino edi.