Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Markos Lorente jahon chempionati finalida Argentina ustidan qozonilgan g'alabadan (1:0) so'ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

Hal qiluvchi bahsdagi yagona gol 106-daqiqada urildi — uning muallifi Ferran Torres bo'ldi.

«Ba'zi yosh futbolchilarimiz — misol uchun, Kubarsi, Yamal, Pedri va Gavi hali nima qilganimizni to'liq anglab etmayapti. Hatto shunday bo'lgani ham yaxshi. Bugun jahon chempionati finalida o'ynayotgan bo'lsak-da, hech qanday bosim his qilmadik», — deya Lorentening so'zlarini keltiradi The Touchline.

Manba: Stadion.uz