Marko Materatstsi Bastonining «Inter»dan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

«Inter» klubi sobiq himoyachisi Marko Materatstsi Alessandro Bastonining jamoadagi kelajagi va «Barselona»ning unga bo'lgan qiziqishi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
So'nggi xabarlarga ko'ra, 27 yoshli italiyalik markaziy himoyachi «ko'k-anorranglilar» safiga o'tish istagida. Biroq Materatstsi tajribali futbolchiga Milanda qolishni maslahat bermoqda.
«Bastonining mahorati va jamoa uchun qiymati muhokama qilinmaydi. Garchi bu yil u uchun biroz murakkab kechayotgan bo'lsa-da, hamma uning haqiqiy «interist» ekanini biladi. Men unga «Inter»da qolishni maslahat beraman», — deya iqtibos keltiradi jurnalist Nikolo Skira Materatstsining so'zlaridan.
Ma'lumot o'rnida, Transfermarkt portali Alessandro Bastonining transfer narxini 70 million evroga baholagan. Futbolchining Milan grandi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo'ljallangan.