Marko Asensio Ispaniyaga qaytishi mumkin

Marko Asensio "Fenerbaxche"ni tark etishi mumkin.
Futbolchining xizmatlariga "Vilyarreal" qiziqish bildirmoqda. Ispan klubi yarim himoyachi transferi ustida ishlamoqda. Turklar Asensioni 25 mln evroga baholamoqda.
Marko Asensio joriy mavsum "Fenerbaxche" safida 19 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ularda xavbek "gol+pas" tizimi bo'yicha "9+5" ko'rsatkichini qayd etdi.