«Yuventus»ning sobiq futbolchisi Klaudio Markizio Turin klubiga yana Italiya chempioni bo'lish uchun nima etishmayotgani haqidagi savolga javob berdi.

"Yuventus"ga g'alabalarga qaytish uchun nima etishmayapti? Hozirda klubda to'p surayotgan futbolchilarga nisbatan hurmatsizlik qilmoqchi emasman, lekin jamoada kuchli o'yinchilar etishmayapti", — deya Markizioning so'zlarini Nikolo Skira keltiradi.

Ayni damda «Yuventus» A Seriya turnir jadvalida 32 turdan so'ng 60 ochko jamg'argan holda to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. Turin klubi so'nggi bor 2019/20 yilgi mavsumda Italiya chempioni bo'lgan edi.