Himoyachi Markinos joriy yozgi transfer oynasida «PSJ»ni tark etishni rejalashtirmayapti.

Jurnalist Abdellah Bulmaning xabar berishicha, OAVdagi mish-mishlarga qaramay, braziliyalik futbolchi keyingi mavsumda ham Parij klubi sharafini himoya qilishda davom etishni istaydi. Endi hammasi yangi markaziy himoyachi izlayotgan parijliklarning pozitsiyasiga bog'liq bo'lib turibdi.

Markinos 2013 yilda «Roma»dan 31 million evro evaziga «PSJ»ga o'tgan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda braziliyalik futbolchi parijliklar safida barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuv o'tkazib, ikkita gol urdi. Transfermarkt portali Markinosning narxini 28 million evroga baholamoqda.