"PSJ" muxlislar va futbol jamoatchiligini Markinosning holati haqida xabardor qildi.

Braziliyalik futbolchi bu hafta Chempionlar Ligasi doirasida "Atletik Bilbao"ga qarshi o'yinning tanaffusidan so'ng almashtirildi.

"Markinos o'ng sonidagi mushaklarning cho'zilishi tufayli davolanmoqda", deyiladi Parij klubining rasmiy veb-saytida.