Markinos Yaponiya terma jamoasi hujumchisini tanqid qildi

Braziliya terma jamoasi himoyachisi Markinos braziliyaliklar «avvalgidek kuchli emas» deb aytgan Yaponiya terma jamoasi hujumchisi Kento Siogaining fikrlariga munosabat bildirdi va uni tanqid qildi.
«Bo'ldi-da, etar. Ularning gapirishda davom etayotgani yaxshi — bu jamoamizga faqat qo'shimcha motivatsiya beradi. Biz AQShda bo'lib turganimizga deyarli bir oy bo'ldi. Katta kamtarlik bilan o'z maqsadimiz yo'lida juda qattiq mehnat qilishda davom etyapmiz. Bunday gap-so'zlarni raqiblarimizga qoldiramiz — mayli, gapiraverishsin, bu bizni yanada ruhlantiradi.
Balki, bu ular tomonidan biroz haddan tashqari o'ziga ishonchlik alomatidir. Braziliya baribir buyuk terma jamoa bo'lib qolaveradi. Biz shunchaki ertaga o'z kuchimiz va mahoratimizni ko'rsatishimiz kerak. Har bir to'p muhim bo'ladi, har bir vaziyat hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin. Biz bunday so'zlarni ularga qoldiramiz, o'zimiz uchun esa bu o'yinga qo'shimcha motivatsiya bo'lishi kerak — har bir to'p uchun kurashish va ushbu uchrashuvda o'zimiz loyiq bo'lgan g'alabani qo'lga kiritish», — deya Markinosning so'zlarini keltiradi Globo nashri.
Braziliya va Yaponiya terma jamoalari o'rtasidagi JCh-2026 1/16 final uchrashuvi 29 iyun kuni bo'lib o'tadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar