«PSJ» va Braziliya terma jamoasi markaziy himoyachisi Markinos Jahon chempionati — 2026 ning 1/16 finali doirasidagi Yaponiyaga qarshi o'yin oldidan Kento Siogaining yaqinda aytgan gaplariga munosabat bildirdi.

Bundan avvalroq osiyoliklar jamoasi hujumchisi braziliyaliklarning muvaffaqiyat davri ortda qolganiga shama qilgandi. Shuningdek, Siogai 34 yoshli hujumchi Neymarga ham piching qilib, uni «endi avvalgidek emas» deb atagan edi.

«Bu biroz manmanlik edi. Bizni yanada ruhlantirish uchun bunday gaplarni gapirishda davom etishayotgani yaxshi, albatta. Biz esa kamtarlik bilan, o'z maqsadimizga erishish uchun qattiq mehnat qilishda davom etamiz. Bunday balandparvoz gaplarni esa raqiblarimizga qoldiramiz», — deya himoyachining so'zlarini keltiradi Cazé TV.

Braziliya va Yaponiya o'rtasidagi uchrashuv bugun, 29 iyun kuni bo'lib o'tadi. O'yinToshkent vaqti bilan 22:00 ga belgilangan.

Manba: Stadion.uz