Markinos UEFAning yangi mukofoti Respect Award'ning ilk sohibiga aylandi

Bu haqda Chempionlar Ligasining qur'a tashlash marosimida e'lon qilindi.
Ushbu sovrin mehr-oqibat, qadr-qimmat, birdamlik va hamdardlik fazilatlarini namoyon etganlik uchun topshiriladi.

Eslatib o'tamiz, Chempionlar Ligasi finalida (1:1, 4:3) "Arsenal" himoyachisi Gabriel Magalyaes hal qiluvchi penaltidan unumli foydalana olmagach, Markinos vatandoshiga taskin berish uchun uning yoniga borgan edi.
32 yoshli braziliyalik o'rniga mukofotni marosimda PSJ prezidenti Nosir Al Helayfi qabul qilib oldi.
Kommentariyalar