Braziliya terma jamoasi markaziy himoyachisi Markinos terma jamoadoshi Eder Militao haqida fikr bildirdi.

"Militao - dunyoning eng kuchli markaziy himoyachilaridan biri. Senegalga qarshi o'yinda u eng kuchli qanot himoyachilaridan biri bo'lishga ham qodirligini ko'rsatdi. Uning o'yini ajoyib edi va bu hech kimni ajablantirmasligi kerak. Biz Militaoni juda yaxshi bilamiz va uning qanchalik kuchli ekanligini tushunamiz", - dedi terma jamoa sardori.