Markinos: «Jahon chempionatida kamroq xatoga yo'l qo'yganlar keyingi bosqichga yo'l olishadi»

Braziliya terma jamoasi himoyachisi Markinos Jahon chempionati–2026 1/8 final uchrashuvida Norvegiyadan qabul qilib olingan mag'lubiyatni (1:2) sharhladi.
«Biz yaratgan vaziyatlarimizdan haqiqatan ham unumli foydalana olmadik. Bizda penalti va boshqa imkoniyatlar bo'lgan edi, ammo jahon chempionati mana shunisi bilan farq qiladi. Kamroq xatoga yo'l qo'yganlar keyingi raundga chiqishadi va g'alabaga erishishadi», — deya 32 yoshli futbolchining so'zlarini keltiradi AP axborot agentligi.
Braziliya 1/16 finalda Yaponiyani mag'lub etgan (2:1), guruh bosqichida esa Marokash bilan durang o'ynab (1:1), Gaiti (3:0) hamda Shotlandiya (3:0) terma jamoalari ustidan ishonchli g'alabaga erishgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar