Markinos futbol tarixida eng ko'p sovrin yutgan futbolchiga aylanib olishi mumkin

«PSJ» himoyachisi va sardori Markinos 2025/26 yilgi mavsumda Frantsiya chempioni bo'lib, professional faoliyatidagi 40-sovrinini qo'lga kiritdi. Bu haqda IFFHS ma'lumotlariga tayanib, One Football ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotga ko'ra, futbol tarixida faqat ikki nafar futbolchi Markinosdan ko'proq sovringa ega. Hozirda uning vatandoshi Dani Alves hisobida 41 ta kubok bor. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha mutlaq rekordchi argentinalik Lionel Messi (45) hisoblanadi. To'rtinchi o'rinda yaqindagina faoliyatini yakunlagan ispaniyalik Serxio Buskets (39) va misrlik Hossam Ashur (39) bormoqda.
«PSJ» Ligi 1 mavsumini 34 o'yinda 76 ochko jamg'arib, turnir jadvalining birinchi pog'onasida yakunladi. Oldinda «qizil-ko'klar»ni Chempionlar Ligasi finali kutmoqda — unda Frantsiya grandi Londonning «Arsenal» klubi bilan bahs olib boradi.
Markinos hozir 32 yoshda va u Parij klubida qoladigan bo'lsa, tez orada raqobarchilaridan o'zib ketish ehtimoli juda yuqoridir.