Markinos Frantsiya fuqaroligini olmoqchi

"PSJ"da uzoq vaqtdan beri to'p tepib kelayotgan braziliyalik himoyachi Markinos Frantsiya fuqaroligini rasmiylashtirmoqchi.
"Bu masala bo'yicha ishlar allaqachon boshlangan. Shu yo'l bilan bu mamlakat menga qanchalar ko'p narsa berganini ko'rsatmoqchiman. Frantsiya fuqarosi bo'lishdan juda xursand bo'laman, bu erda 13 yildan beri yashayman. Farzandlarim Parijda tug'ilgan. Kelgusida ham shu erda yashab qolish haqida o'ylayapman," - deya futbolchining so'zlarini keltiradi Lequipe.
Markinos Parij grandi bilan 2028 yilning yarmigacha shartnoma majburiyatlari bo'yicha bog'langan. 31 yoshli himoyachining transfer narxi 30 million evroga baholanmoqda.