Markinos Chempionlar Ligasi starti oldidan "Atalanta"dagi o'zgarishlarni baholadi

"Pari Sen-Jermen" sardori Markinos jamoaning Chempionlar ligasidagi startidan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.
Guruh bosqichining 1-turida parijliklar Italiyaning "Atalanta" klubiga qarshi bahs olib boradi. Braziliyalik himoyachi so'nggi o'zaro o'yindan keyin raqib o'zgarganini ta'kidladi. Markinosning so'zlariga ko'ra, bergamoliklar hujumkor o'yin ko'rsatmoqda, ammo "PSJ" o'yinning turli stsenariylariga tayyor.
"Oxirgi uchrashuvimizdan beri jamoa o'zgardi: ularda yangi murabbiy va yangi futbolchilar bor. Bu hujumkor jamoa va biz ularning maydonda qanday harakat qilishini ko'rdik. Qo'limizdan kelgancha tayyorgarlik ko'ryapmiz, bizning kuchimiz ham shunda. Biz raqibni yaxshi tushunamiz va kerak bo'lganda moslasha olamiz," - dedi braziliyalik matbuot anjumanida.