Markazlashgan VAR tizimi O'zbekistonda ilk bor masofadan turib sinovdan o'tkazildi

Milliy futbol markazida joylashgan VAR markazida ilk bor masofadan turib ishlash tizimi sinovdan o'tkazildi. Unda VAR va AVAR hakamlari instruktorlar bilan birgalikda Toshkentdan turib, Surxondaryoda bo'lib o'tgan Superliga 22-turi doirasidagi “Surxon” — “Mash'al” uchrashuvi bosh hakamiga bevosita yordam ko'rsatdi.
Bu tajriba orqali markazlashgan VAR tizimi real vaqt rejimida sinab ko'rildi va o'yindagi bahsli vaziyatlar Toshkentdagi markazdan turib boshqarildi. Mazkur sinov kelgusida O'zbekiston futbolida zamonaviy texnologiyalarni yanada samarali qo'llash yo'lida muhim qadam bo'ldi.
Manba: uzfhm.uz