Mark Kukurelya dunyoning eng yaxshi chap qanot himoyachisi kimligini aytdi

Londonning «Chelsi» klubi chap qanot himoyachisi Mark Kukurelya o'z pozitsiyasida dunyo futbolida kimni eng zo'r deb hisoblashini aytdi.
Ispaniyalik futbolchi «Pari Sen-Jermen» va Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qilayotgan 23 yoshli Nunu Mendeshni alohida e'tirof etdi.
«Men hozir juda yaxshi sport formasidaman, ammo Mendesh — dunyodagi eng yaxshi chap qanot himoyachisi», — deya Kukurelyaning intervyusidan iqtibos keltirmoqda jurnalist Fabritsio Romano.
Joriy mavsumda Nunu Mendesh Luis Enrike jamoasi safida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Mart oyida portugaliyalik futbolchi parijliklarga Chempionlar ligasi 1/8 finalida «Chelsi»ni umumiy 8:2 hisobida tor-mor etishga yordam bergan edi.