Italiyalik hujumchi Mario Balotelli kelajakda murabbiylik faoliyatini boshlash ehtimoli haqida fikr bildirdi.

«Murabbiy bo'lish? Yoshim o'tib borayotgani sayin bu haqda o'ylab ko'ryapman, lekin agar xulqi xuddi meningdek bo'lgan kimsani uchratsam… U holda nima qilish kerak?» — deya Balotellining so'zlarini La Gazzetta dello Sport nashri keltiradi.

Eslatib o'tamiz, manbalarga ko'ra, 35 yoshli hujumchi ayni paytda BAA chempionatining ikkinchi divizionida autsayderlar safida borayotgan «Al-Ittifoq» klubi bilan shartnoma imzolagan.

Balotelli 2025 yil iyul oyida «Jenoa»dan ketganidan so'ng jamoasiz qolgan edi.

Manba: championat.com