Mario Balotelli BAA ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi klubdan taklif oldi

Italiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Dubay shahrining «Al-Ittifoq» jamoasidan rasmiy taklif oldi. Ushbu klub BAA ikkinchi ligasida ishtirok etadi.
Balotelli oxirgi bor 2024 yil 21 dekabr kuni bahsda ishtirok etgan — u A Seriya doirasida «Jenoa» safida «Napoli»ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushgan edi.
Mario Balotelli faoliyati davomida «Milan», «Liverpul», «Manchester Siti» va «Inter» klublari sharafini ham himoya qilgan.
Manba: sports.ru