"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareskaning kelajagi yanada so'roq ostida qoldi. Bu haqda 2025 yilning so'nggi kunida The Telegraph sahifalarida chop etilgan materialda aytiladi.

Seshanba kuni "Bornmut"ga qarshi o'yinda (2:2) Mareskaning "Chelsi" muxlislari tomonidan hushtakbozlikka uchrashi vaziyatni yanada keskinlashtirdi.

"Bu klub xo'jayinlari va Mareska o'rtasidagi munosabatlar yomonlashayotgani fonida sodir bo'lmoqda va barcha belgilar uning yozda jamoani tark etishini ko'rsatmoqda - agar natijalar yaxshilanmasa, ehtimol undan ham oldinroq," - deyiladi materialda.

"Chelsi" ayni damda turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda. Mareska shogirdlari navbatdagi uchrashuvni 4 yanvar, yakshanba kuni "Manchester Siti" mehmoni bo'ladi.