Mareska "Yuventus"ni boshqarishi mumkinmi?

Londonning "Chelsi" klubi ustozi Entso Mareska shu hafta xorvatiyalik mutaxassis Igor Tudorni iste'foga chiqargan Turinning "Yuventus" klubiga o'tmaydi.
Daily Mail jurnalistlariga ma'lum bo'lishicha, "keksa sinora" rahbariyatidan "aristokratlar" bosh murabbiyiga hech qanday taklif bo'lmagan. Turin grandi boshqaruviga asosiy nomzod sifatida italiyalik mutaxassis Luchano Spalletti ko'rilmoqda.
Italiya chempionatida o'tkazilgan 9 turdan so'ng "Yuventus" 15 ochko jamg'arib, turnir jadvalida ettinchi o'rinda bormoqda. Turinliklar peshqadam "Napoli"dan 6 ochko ortda qolmoqda.