Mareska: "Uni "Chelsi"da buyuk kelajak kutmoqda"

"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska 18 yoshli Estevao Villianning istiqbollari haqida gapirdi.
Yosh braziliyalik futbolchi ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushib, "ko'klar"ga "Vulverxempton"ni mag'lub etishga yordam berdi (3:0). Uchrashuv yakunlangach, vinger murabbiyning alohida maqtoviga sazovor bo'ldi.
"Estevao - ajoyib futbolchi. Uning siymosida "Chelsi" keyingi besh-o'n yil uchun top-futbolchiga ega bo'ldi," - deya Mareskaning so'zlarini keltiradi jurnalist Kiran Jill.
London grandi braziliyalik vunderkindni o'tgan yozda "Palmeyras"dan sotib olgan edi.