Mareska: "Transfer oynasi ochiq ekan, hamma narsani kutish mumkin"

Alexandro Garnacho "Manchester Yunayted"dan "Chelsi"ga o'tishga yaqin turibdi.
Odatda, murabbiylar rasmiy e'lon qilinmaguncha yangi kelganlar haqidagi savollarga javob berishdan qochishadi.
Ammo "aristokratlar" ustozi Entso Mareska o'z fikridan qaytmadi.
"Men u kelganini bilaman. Uning pozitsiyasi vinger va men uni qanot hujumchisi deb bilaman. Transfer oynasi ochiq ekan, hamma narsani kutish mumkin. Hamma narsa bo'lishi mumkin", - dedi Mareska matbuot anjumanida.