Mareska Sterling va Disasini "Chelsi"ga qaytarish-qaytarmasligini aytdi

"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska vinger Rahim Sterling va markaziy himoyachi Aksel Disasining kelajagi haqidagi savolga javob qaytardi.
"Ko'klar" ingliz bilan frantsuzni sotuvga qo'yishdi, lekin xaridor topilmadi. Ikkala futbolchi ham umumiy guruhdan alohida shug'ullanishda davom etmoqda - qolaversa, murabbiy mavsum boshidan beri ikkalasini ham ko'rmagan.
Jurnalistlar Mareskadan Sterling va Disasi o'zlarini ko'rsatish uchun yangi imkoniyatga ega bo'lishlari mumkinmi, deb so'rashganida, murabbiy qisqa javob berdi: "Bizning jamoamizda? Yo'q".