Mareska: "Raqiblarimiz bizga qarshi boshqacha o'ynamoqda"

"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska jamoaning bu mavsumdagi qiyinchiliklari haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Ko'klar" Premer-liga turnir jadvalida to'qqizta o'yindan so'ng atigi to'qqizinchi o'rinda. Londonliklar yaqinda o'z uyida "Sanderlend"ga 1:2 hisobida yutqazishdi.
"Biz o'rganishimiz va rivojlanishimiz kerak - men buni har kuni futbolchilarimizga aytaman. Raqiblarimiz hozir bizga qarshi boshqacha o'ynamoqda, bu ehtimol o'tgan mavsumdagi muvaffaqiyatimiz bilan bog'liq", - dedi Mareska.