Mareska o'yin boshlanishidan oldin uning rejasi qanday barbod bo'lganini aytib berdi

"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska yaqinda "Sanderlend"dan uchralgan mag'lubiyatni (1:2) yodga oldi.
"Ko'klar" shanba kuni bo'lib o'tgan Premer-liganing 9-turida o'z maydonida kutilmaganda "qora mushuklar"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
"Men "Sanderlend"ning to'qqizta o'yinini tomosha qildim - ularning hech biri jamoa besh himoyachi bilan boshlamagan, ammo bizga qarshi o'yinni aynan besh himoyachi bilan boshlashdi. Kiyinish xonasida chigilyozdi mashqlari boshlanishidan oldin futbolchilarga: Bizning barcha tayyorgarligimiz axlat, "Sanderlend" besh himoyachi bilan o'ynaydi, dedim. O'n daqiqa ichida hamma narsani o'zgartirishga majbur bo'ldik. Bu qiyin", - deya Mareskaning so'zlarini keltiradi jurnalist Bobbi Vinsent.
Bugun "Chelsi" Liga kubogi doirasida "Vulverxempton"ga qarshi bahs olib boradi.