Mareska nima uchun Jeyms yarim himoyada o'ynashini tushuntirdi

Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Entso Mareska jamoa sardori Ris Jeymsning o'yini haqida gapirdi.
"Biz Ris Jeymsga formasini ushlab turishda yordam beramiz. Biz undan yarimhimoyada foydalanamiz, chunki unga muammo tug'dirishi mumkin bo'lgan uzoq va shiddatli sprintlar sonini kamaytirmoqchimiz", - deya Maresakining so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Joriy mavsumda 26 yoshli Jeyms Angliya premer-ligasida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.