"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin oldidan Alexandro Garnachoning holati haqida gapirdi.

"Ko'klar"ning "qizil iblislar" bilan o'yini shanba kuni bo'lib o'tadi. Garnacho uchun bu o'ziga xos o'yin, chunki u yaqindagina "Yunayted"dan London klubiga ko'chib o'tgandi.

"Agar biz uni asosiy tarkibda maydonga tushirishga qaror qilsak, men Alexandro bilan gaplashaman. Uning qanday munosabatda bo'lishini ko'rmoqchiman. Futbolchilarga moslashish uchun vaqt kerak - bu normal jarayon," - dedi Mareska matbuot anjumanida, u avvalroq yangi o'yinchi birinchi marta boshlang'ich tarkibda o'ynashga tayyorligini aytgan edi.