Mareska «Manchester Siti»ning yangi murabbiyiga aylanadi

Entso Mareska rasman «Manchester Siti» ustoziga aylanishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Bu haqda taniqli insayder Janluka di Martsio veb-sayti xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, Mareska va uning sobiq klubi «Chelsi» o'rtasida, iste'foga chiqarilganiga qaramay amalda bo'lib turgan shartnomani bekor qilish bo'yicha og'zaki kelishuvga erishilgan. Bu esa italiyalik mutaxassisga yaqin soatlar ichida yangi shartnomani imzolash uchun Manchester shahriga yo'l olishiga imkon beradi.
Mareska «Manchester Siti» bilan 3 yilga mo'ljallangan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Bunga parallel ravishda, klublar ushbu o'tish uchun to'lanadigan kompensatsiya pulini ham o'zaro hal qilib olishgan — u taxminan 20 million evroni tashkil etadi. Transfer bo'yicha rasmiy e'lon tez orada chiqishi kutilmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar