Mareska «Manchester Siti»ga bosh murabbiy etib tayinlangani haqida fikr bildirdi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi etib tayinlangan Entso Mareska ushbu lavozimga kirishgani haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Manchester Siti» — men juda yaxshi biladigan klub. Ushbu jamoani boshqarish imkoniyati men uchun ajoyib bir sharaf.
Bu hayratlanarli darajada juda yaxshi tashkil etilgan klub. Ular qilayotgan har bir ish innovatsion, puxta rejalashtirilgan va aniq maqsadga yo'naltirilgan. Murabbiy uchun bu ideal sharoitdir. Bu mening o'z ishimni samarali bajarishim uchun zarur bo'lgan barqarorlikni ta'minlab beradi.
Bu mening ushbu klubga uchinchi bor qaytishimdir. Men bu erdagi muhitni, qo'yiladigan talablar va kutilmalarni juda yaxshi bilaman.
Bu erda faoliyat yuritayotgan insonlarning yuqori darajasi bu maskanni alohida ajratib turadi. Menga va mening qobiliyatimga ishonch bildirishgani uchun ularga o'z minnatdorchiligimni izhor qilaman.
Tezroq futbolchilar bilan ishni boshlashni intiqlik bilan kutyapman. Men jamoamiz bilan g'alabalar qozonishni, chiroyli futbol namoyish etishni va «Manchester Siti» sharafini himoya qilish bilan bog'liq bo'lgan mas'uliyatli bosimdan zavqlanishimizni istayman», — deya ta'kidladi Entso Mareska.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar