Mareska: "Lids" bizdan ustun edi"

Hafta davomida "Chelsi" safarda "Lids"ga 1:3 hisobida yutqazdi. Endi Entso Mareska jamoani Premer-liga doirasidagi "Bornmut"ga qarshi safar o'yiniga tayyorlamoqda. "Pensionerlar" etakchisi jamoasi uchun qiyin bo'lishi haqida ogohlantirdi.
"Bornmut" bilan o'yin "Lids"ga qarshi o'yinga o'xshaydi, shuning uchun yaxshiroq harakat qilishimiz kerak. "Lids" juda shiddatli harakat qildi va barcha tarkibiy qismlar bo'yicha bizdan ustun keldi. Umid qilamanki, ertaga biz bundan saboq chiqarib, yaxshiroq o'ynay olamiz", - dedi Mareska matbuot anjumanida.
Angliya chempionati doirasidagi "Bornmut" - "Chelsi" uchrashuvi 6 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.