Entso Mareska Jeymi Karragerning tanqidiga munosabat bildirdi.

London klubi joriy mavsum APLda 5 o'yinda 8 ochko jamg'ardi.

- Jeymi Karrager "Chelsi" darvozaboni va himoyasi jamoaning chempion bo'lishiga yo'l qo'ymasligini aytdi. Bu borada sizning fikringiz qanday?

- Har kim o'z bilganicha gapirishi mumkin. Bu muammo emas. O'tgan mavsumda sezilarli darajada yaxshilandik, deb o'ylayman.

Bu mavsumda asosiy maqsad - futbolchilarni takomillashtirishda davom etish, jamoani rivojlantirishda davom etish va APL etakchilari bilan oradagi farqni kamaytirishga harakat qilish.

Men uchun bu mavsumdagi asosiy maqsad", - dedi "Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska.