Mareska Jekson bilan o'rtasidagi munosabat haqidagi savolga javob berdi

Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Entso Mareska jamoa hujumchisi Nikolas Jekson bilan yomon munosabatda bo'lganmi, degan savolga javob berdi.
Yozgi transfer oynasida Jekson ijara asosida "Chelsi"dan "Bavariya"ga o'tdi.
«Ha-ha, yo'q. Menda Niko bilan hech qanday muammo bo'lmagan», - dedi Mareska jurnalistlarga.
Bugun, 17 sentyabr kuni "Chelsi" Chempionlar ligasi umumiy bosqich 1-turi doirasida "Bavariya" mehmoni bo'ladi.