Mareska ikkinchi marta "Lester"ni boshqarishi mumkin

"Chelsi"ning sobiq bosh murabbiyi Entso Mareska yana Angliyada ish topishi mumkin.
Mirror nashri tarqatgan xabarga ko'ra italiyalik mutaxassisning xizmatlariga Chempionshipda to'p surayotgan "Lester" qiziqish bildirmoqda. "Tulkilar" tez orada murabbiy bilan muzokara boshlashga tayyor.
Entso Mareska 2023-2024 yillarda ham "Lester"ni boshqargan. Uning qo'l ostida klub chempionlikni qo'lga kiritib, Angliya Premer-ligasiga yo'llanma oldi.
Ayni paytda "Lester" Chempionship turnir jadvalida 30 turda 38 ochko jamg'argan holda 16-o'rinda bormoqda.