Mareska: "Ikkinchi bo'limda biz to'g'ri harakat qildik"

Bugun, 30 avgust kuni “Chelsi” APL 3-turi doirasida “Fulxem” ustidan ishonchli g'alabaga erishdi.
Londonliklar bosh murabbiyi Entso Mareska ushbu uchrashuvdagi futbolchilarining o'yiniga baho berdi.
"Birinchi bo'limda etarlicha o'yin ko'rsata olmadik va ikkinchi bo'limda ajoyib o'ynadik. O'yinni shunday tahlil qilish mumkin.
Birinchi bo'limda to'pni ushlab tura olmadik, yakkama-yakka kurashlarda g'alaba qozona olmadik. Ikkinchi bo'limda biz to'g'ri harakat qildik", - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi Britaniya matbuoti.