Mareska diskvalifikatsiya qilindi

"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska jazolandi. Angliya futbol assotsiatsiyasi Mareskani bir o'yinga diskvalifikatsiya qildi, shuningdek, 8 ming funt (taxminan 9200 evro) miqdorida jarimaga tortdi.
Mareska "Liverpul"ga qarshi o'yinda qizil kartochka olgani uchun jazolandi. "Chelsi" murabbiyi o'yin oxirida jamoasining golidan keyin hissiyotlarga berilib, texnik zonadan tashqariga yugurib chiqdi va futbolchilar bilan birga golni nishonlash uchun yo'l oldi.
"Chelsi" ayni damda Premer-liga jadvalida ettinchi o'rinda bormoqda.
18 oktyabr kuni "Chelsi" "Nottingem Forest"ga qarshi o'ynaydi, Entso Mareski texnik zonada bo'lmaydi.