Mareska Delapning uzoq vaqtga safdan chiqqaniga munosabat bildirdi

Entso Mareska "Chelsi"dagi "to'qqizlik" pozitsiyasidagi muammolar haqida gapirdi.
Avvalroq, hujumchi Liam Delap sonining orqa qismidan jarohat olib safdan chiqqandi.
"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareskaning ma'lum qilishicha, angliyalik futbolchining tiklanishi uchun 3 oygacha vaqt ketadi.
"Chelsi"ning yagona to'qqizligi - Giu, Joao Pedro ham bu pozitsiyada o'ynay oladi. "Fulxem"ga qarshi o'yinda Jorjdan ham foydalandik," - dedi Mareska.